» » OAV: Kanada bosh vazirining Yangi yil ta’tillari soliq to‘lovchilarga 127 ming dollardan oshiqqa tushdi

OAV: Kanada bosh vazirining Yangi yil ta’tillari soliq to‘lovchilarga 127 ming dollardan oshiqqa tushdi


Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning Yangi yilda ismoiliylar qavmi yetakchisi, biznesmen Karim Og‘a Xon IV ga tegishli orolda dam olishi kanadalik soliq to‘lovchilarga 127 ming dollardan oshiqqa tushdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

CBC telekanaliga ko‘ra, bosh vazirga safar davomida hamrohlik qilgan politsiya xodimlariga ustama va qo‘shimchalarning o‘ziga salkam 19 ming dollar ketgan. Transport, yashash va kundalik xarajatlarga 53 ming dollardan oshiq sarflangan. Tryudoning CC-144 Challenger samolyotidagi parvozi milliy mudofaa vazirligiga 32 ming dollarga tushdi. 

17-yanvar kuni Kanada manfaatlar to‘qnashuvi va etika masalalari komissari Meri Douson bosh vazirga nisbatan tekshiruv boshlagani ma’lum bo‘ldi.

Yangi yil ta’tillari davomida Tryudo va uning oila a’zolari Nassaudan (Bagam orollari) Karib dengizidagi Karim Og‘a Xon IVga tegishli orolga yetib olish uchun unga tegishli bo‘lgan xususiy vertolyotdan foydalangani haqidagi ma’lumotlar bunga sabab bo‘ldi. 

Опубликовано: admin (23-03-2017, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют