» » AQSh O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berilayotganini qayd etdi

AQSh O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berilayotganini qayd etdi


AQSh Davlat departamenti 20-iyun kuni e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda paxta terimi mavsumida majburiy mehnatga barham berish sohasida jiddiy choralar ko‘rilgan, deb yozadi Sputnik.

Hisobotda, xususan, paxta teruvchilar mehnat haqi oshirilgani, davlat xizmatchilarini ushbu ishga jalb qilishga chek qo‘yilgani, bolalar mehnatiga cheklov qo‘yilgani va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari faoliyatiga hech kim to‘sqinlik qilmayotgani qayd etilgan.

Hisobotda, shuningdek, fuqarolarni majburiy jamiyat ishlariga yollamaslik haqida qabul qilingan qonunlar ham aytib o‘tilgan.

Shuningdek, Mehnat vazirligi tomonidan olib borilayotgan majburiy mehnatga barham berish va xorijda ishlayotgan mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyat ham aytib o‘tilgan.

Ushbu maqsadda Rossiya va Janubiy Koreyada Mehnat vazirligining vakolatxonalari ochilgan. O‘tgan davr mobaynida ular xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan 950 nafar fuqarolarga vataniga qaytishga yordam berdi, deyilgan xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют