» » Samarqandda DSENM bosh vrachi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda DSENM bosh vrachi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi


Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bo‘limi mudiri va bosh vrachi o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Yakka tartibdagi tadbirkor Sh.S.ning murojaatiga ko‘ra, 2019-yil 22-iyun kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xo‘jalik ishlari bo‘limi mudiri A.O. hamda markaz bosh vrachi o‘rinbosari G.A. ichimlik suvining iste’molga yaroqligiga haqida xulosa berish uchun tadbirkordan 500 ming so‘mni pulni pora tariqasida olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (tamagirlik yo‘li bilan pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Samarqand viloyati DSENM bosh vrachi o‘rinbosari G.A. Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov jarayonida qamoqqa olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют