» » AQShda saratonga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi

AQShda saratonga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi


AQShda olimlar saraton paydo bo‘lishining oldini olishi yoki uning rivojlanishini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan vaksinani sinovdan o‘tkazishni boshladi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, tadqiqotni Stiven Jonson Arizona shtati universitetidan bo‘lgan hamkasblari bilan birgalikda 10 yildan buyon olib bormoqda.

Ushbu vaksina itlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. “Ularda o‘simta qarilik sababli to‘satdan rivojlanadi va odamlarda uning paydo bo‘lish jarayoniga juda o‘xshaydi”, — deb ta’kidlagan olim.

Qayd etilishicha, yaqinda Jonson jamoasi saratonga qarshi vaksinani 800 ta itlarda sinovdan o‘tkazishni boshlagan. Tadqiqot davomida ushbu preparat o‘simta paydo bo‘lishini to‘xtatishi yoki oldini olishi yoki olmasligi aniqlanadi. Vaksina sog‘lom itlarga qilinadi va ular bir necha yil davomida kuzatiladi. Emlash ta’sir qilgani yoki qilmagani 3—5 yildan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, onkologiya bo‘yicha aksariyat mutaxassislar grippga qarshi emlash kabi saratonni oldini oluvchi vaksina yaratishning deyarli imkoni yo‘q, degan fikrda. Gap shundaki, saratonning turli ko‘rinishi molekulyar darajada o‘zini turlicha tutadi.

“Ular haq bo‘lishi mumkin. Lekin vaksina foyda berishi ehtimoli atigi 10 foizni tashkil etgan taqdirda ham shu imkoniyatni sinab ko‘rmaslik uchun sabab ko‘rmayapman”, — degan Jonson.

Tadqiqotchilarning aytishicha, agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, bunday vaksina odamlar uchun ham yaratilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют