» » Shveysariya Gulnora Karimovaning ishi bo‘yicha 130 mln dollarni O‘zbekistonga qaytaradi

Shveysariya Gulnora Karimovaning ishi bo‘yicha 130 mln dollarni O‘zbekistonga qaytaradi


Shveysariya O‘zbekistonga 130 million Shveysariya frankini qaytarib beradi. Olib borilgan tekshiruvlar asosida, avvalroq musodara qilingan mablag‘lar O‘zbekistonning yo‘qotilgan aktivlari deb tan olingan bo‘lib, endi ular O‘zbekistonga qaytariladi. Bu haqda Sputnik Shveysariya Bosh prokuraturasiga tayanib xabar bermoqda.

Ushbu mablag‘lar noqonuniy orttirilgani, so‘ng chet elga, asosan Shveysariyaga olib chiqib ketilgani aniqlandi. Mablag‘lar bir necha yil avval xatga olingan. 6 yildan ortiqroq davom etgan jinoyat ishi doirasida jami 784 million dollarga yaqin pul muzlatilgan. Qolgan mablag‘lar haligacha muzlatilgan holatda turibdi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaning Shveysariyada muzlatib qo‘yilgan pullarining bir qismini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotgani avvalroq ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gulnora Karimova o‘zbek xalqiga murojaat etgani xabar qilingan edi. Murojaat matnini uning qizi Imon Karimova Instagram sahifasida e’lon qilgan. Murojaatda Gulnora Karimova xalqdan uzr so‘ragan va O‘zbekistonga 1,2 mlrd dollarni qaytarganini ma’lum qilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют