» » Viskonsin shtatida yuz bergan otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Viskonsin shtatida yuz bergan otishma oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi


AQShning Viskonsin shtatida yuz bergan otishma oqibatida to‘rt kishi, jumladan, politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda Everest okrugi politsiya rahbari Uolli Sparks ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Uning so‘zlariga qaraganda “maishiy mojaro” yuzaga kelgan va u otishma bilan yakun topgan. Gap bir necha daqiqa oralig‘ida yuz bergan uchta hodisa haqida bormoqda.

Sparksning ma’lum qilishicha, Rotshild shahri politsiyasiga banklardan birining mahalliy bo‘limida mojaro kelib chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng qutqaruv xizmatiga aynan o‘sha bankda otishma yuz berganligi haqida ma’lum qilingan. Tartib qo‘riqchilari hodisa joyiga yetib kelganda bosqinchi yashirinishga ulgurgan.

Bir necha daqiqadan so‘ng qo‘shni Skofildda yana ikki otishma sodir bo‘lgan. Ulardan biri yuridik firma, keyingisi turar-joyda yuz bergan.

Sparks hodisa tafsilotlari va halok bo‘lganlar ismlarini oshkor etmadi. U, shuningdek, hodisalar o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini ma’lum qilishdan bosh tortdi va mazkur ish bo‘yicha bir nafar gumonlanuvchi qo‘lga olinganligini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют