» » Xarkov viloyatining harbiy omborida portlash sodir bo‘ldi (video)

Xarkov viloyatining harbiy omborida portlash sodir bo‘ldi (video)


Balakleya shahri va Xarkov viloyati yaqinidagi harbiy omborda portlash va undan kelib chiqqan yong‘in va o‘q-dorilarning zanjirli detonatsiyasi yuz berdi. Bu haqda Ukrainaning “24” telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Balakleyadagi harbiy omborda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Ukrainadagi eng yirik o‘q-dorilar ombori aynan shu shaharda joylashgan”, — deyiladi xabarda.

Mahalliy OAVlarining ma’lum qilishicha, aholi xavfli hududdan evakuatsiya qilinmoqda.

Hodisa joyidan olingan qisqa videorolikda yong‘inning katta o‘chog‘i va unda har soniyada snaryadlarning yangi portlashi yuz berayotganligini ko‘rish mumkin. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar kelib tushmadi.

Hozirgi paytda Balakleyada yong‘inni o‘chirish shtabi tashkil etilgan va uni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 10:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют