» » O‘zbekistonda qaysi xizmatlar sohasi eng tez o‘sib bormoqda?

O‘zbekistonda qaysi xizmatlar sohasi eng tez o‘sib bormoqda?


2019-yilning yanvar – may oylari davomida O‘zbekistonda xizmatlar sohasi 2018-yilning shu davriga nisbatan 13%ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib Sputnik xabar qilmoqda.

Hisobotga ko‘ra, aholi iste’mol qilgan xizmatlar orasida eng katta ulush – transport xizmatlariga tegishli bo‘lib, u jami xizmatlarning 29,5 foizini tashkil qilgan. Undan so‘ng savdo xizmatlari – 25,3 foiz, moliyaviy xizmatlar – 17,9 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 5,6 foiz va boshqalar.

Shu o‘rinda ulushi eng kichik bo‘lgan xizmat turlarini ham sanab o‘tamiz. Ular sog‘liqni saqlash sohasida – 1,4 foiz, kompyuterlarni ta’mirlash – 1,6 foiz, me’morchilik – 1,7 foiz, ijara xizmati – 2 foiz.

O‘tgan davr mobaynida foydalanilgan xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati bo‘yicha moliya sohasi yetakchilik qilmoqda. 2019-yilning yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlar salkam 60 foizga oshgan. Undan so‘ng me’morchilik va muhandislik sohalaridagi xizmatlar – 30 foiz, ta’lim sohasidagi xizmatlar – 21 foiz, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar esa18 foizga oshgan.

Foydalanilgan xizmatlar hajmiga hududlar kesimida nazar solganda, Toshkent shahri yaqqol ajralib turmoqda. O‘zbekistonda ko‘rsatilgan jami xizmatlarning uchdan biri, ya’ni 33,1 foizi Toshkent shahrida ko‘rsatilgan. Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati – 7,2 foizni, uchinchi o‘rinda esa Samarqand – 6,5 foizni, keyingi o‘rinlarda Farg‘ona – 6 foizni, Andijon – 5,2 foizni tashkil qilmoqda.

Xizmatlar sohasining rivojlanishi bo‘yicha chempion – Jizzax viloyati bo‘ldi. Bu yerda xizmatlar sohasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 21 foizga o‘sgan. Sirdaryoda – 20 foizga, Xorazmda – 15 foizga, Buxoro va Namangan viloyatlarida – 13 foizga, qolgan viloyatlarda xizmatlar sohasi o‘rtacha 9-12 foizga o‘sgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют