» » O‘zbekistonning qariyb 600 ming tonna meva-sabzavotlari xorijga eksport qilindi

O‘zbekistonning qariyb 600 ming tonna meva-sabzavotlari xorijga eksport qilindi


107,8 ming tonna meva va rezavorlar 1,9 mln dollarga eksport qilingan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 ming tonnaga ko‘pdir, deb ma’lum qiladi Spot.

2019-yil yanvar—may oyida eksport hajmi 6,4 mlrd dollarga (o‘sish sur’ati 14,1%) teng bo‘ldi.

Yanvar—may oyida jami 592,8 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 4,6 mln dollarga eksport qilindi (o‘sish sur’ati — 53,0%). Mazkur davrda 485 ming tonna sabzavotlar 2,6 mln dollarga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 146,3 ming tonnaga ko‘p miqdorda eksport qilingan.

Shuningdek, 107,8 ming tonna meva va rezavorlar 1,9 mln dollarga eksport qilingan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 ming tonnaga ko‘pdir.

10-maydan O‘zbekistondan eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumotlar onlayn taqdim etila boshlandi. Ma’lumotlar tadbirkorlarga eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlarining turlari, hajmlari va yetishtirish hududlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish va tahlil qilish orqali kelgusidagi faoliyatlarini rejalashtirish imkonini beradi.

Avvalroq, O‘zbekiston o‘rigi Hindiston, gilosi esa Buyuk Britaniya bozorlari tokchalaridan joy olgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют