» » Senator Jon Makkeyn: Xitoy o‘zi istagan taqdirda bir haftada Shimoliy Koreya iqtisodiyotini izdan chiqarishi mumkin

Senator Jon Makkeyn: Xitoy o‘zi istagan taqdirda bir haftada Shimoliy Koreya iqtisodiyotini izdan chiqarishi mumkin


Xitoy o‘zi istagan taqdirda Shimoliy Koreya iqtisodiyotini bir haftada to‘liq to‘xtatib qo‘yish imkoniyatiga ega. AQSh Kongressi yuqori palatasida qurolli kuchlar qo‘mitasini boshqaradigan senator Jon Makkeyn MSNBC telekompaniyasi efirida shu haqda ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

KXDR yetakchisi Kim Chen Inni faqat Xitoy nazoratida tutib turishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotini ham bir hafta ichida izdan chiqarish imkoniyatiga ega. Xitoyliklar jahon urushini boshlab yuborish, AQShga zarba berishga qodir yagona insonni jilovlamasalar, biz joriy etadigan sanksiyalar ostida qolishlarini anglab yetishlari lozim.

 Jon Makkeyn, senator

Jon Makkeyn AQSh prezidenti Donald Tramp “rossiyaliklar, eronliklar va Shimoliy koreyaliklar sinoviga bardosh berishiga to‘g‘ri kelishi”ni bildirdi. 

Опубликовано: admin (23-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют