» » “Bolamni yuragi tobora kengayib boryapti. Har bir soniya uning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin”

“Bolamni yuragi tobora kengayib boryapti. Har bir soniya uning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin”


Tahriryatga Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi Mahfuza Hojimatova murojaat qilib, tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan farzandi Amirshoxning operatsiyasi uchun zarur mablag‘ to‘play olmayotganligini ma’lum qildi.

“O‘g‘lim Amirshox 2019-yil 15-fevralda tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelgan. Bir necha oydan beri Toshkent pedeatriya shifoxonasida davolanyapti. Yolg‘iz onaman. Ishlamayman. Yordam beradigan hech bir yaqinim yo‘q. Bolam kasal bo‘lgandan beri uni yonidan ketolmadim. Anchadan buyon yaxshilarning ko‘magi bilan bolamning dori-darmoni va poytaxtda yashash xarajatlarimni amallab kelayotgan edim. Lekin endi unga hech bir dori ta’sir qilmayapti. Bolamni yuragi tobora shishib boryapti. Har bir soniya uning hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin. Endi farzandimga faqat operatsiya yordam beradi. Shifokorlarning aytishicha, Hindistonda qilinadigan operatsiyaga 8000 dollar kerak ekan. Biroq menda buncha mablag‘ yo‘q. Bugun pul yig‘ilsa, hoziroq operatsiya uchun Hindistonga jo‘nab ketamiz. Har bir o‘tayotgan daqiqa men uchun ahamiyatli. Farzandimning tezroq sog‘ayib ketishini xohlayman. U hali bir yoshga ham kirgani yo‘q. Amirshoxim hali uzoq yashashini xohlayman. Bolam tuzalishi uchun yaxshilar yordamiga juda juda muhtojman”, deydi biz bilan suhbatda Maxfuza Xojimatova.

Barcha sahovatpesha insonlardan Amirshoxning sog‘ayib ketishida imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini so‘rab qolamiz!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Onasi Maxfuza Xojimatova nomiga ochilgan

Sanoat qurilish bank: 8600 030407964760

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasining pasport ma’lumotlari:

Xojimatova Maxfuza Rasuljonovna

Pasport raqami: AB 3175985

Bemor Amirshoxning onasi Maxfuza Xojimatovaning telefon raqami:

+99894 404 66 62



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют