» » 2016-yilda O‘zbekistonda yuz bergan 133 ta favqulodda vaziyatda 258 kishi halok bo‘ldi

2016-yilda O‘zbekistonda yuz bergan 133 ta favqulodda vaziyatda 258 kishi halok bo‘ldi


2016-yilda O‘zbekistonda yuz bergan 133 ta favqulodda vaziyatlarda 342 kishi jabrlandi va 258 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.uz” Favqulodda vaziyatlar vazirligi statistikasiga tayanib. Undan avvalgi yili esa 162 ta favqulodda vaziyat kuzatilib, ularda 284 kishi jabrlangan va 315 kishi halok bo‘lgan edi.

Favqulodda vaziyatlarning 66 tasi texnogen xususiyatga, 67 tasi — tabiiy xususiyatga ega bo‘lgan (2015-yilda tegishli ravishda 105 va 57 ta). Texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda 139 kishi (233) jabrlandi va 175 kishi (218) halok bo‘ldi, tabiiy xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlar soni 203 kishini (51) va qurbon bo‘lganlar soni 83 kishini (97) tashkil qildi.

O‘tgan yilda favqulodda vaziyatlardan yetgan moddiy zarar 7,783 trillion so‘mga baholangan (undan oldingi yili — 4,5 trillion so‘m).

Опубликовано: admin (23-03-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют