» » AQSh 2014-yildan buyon IShIDning 180 nafar yetakchisi yo‘q qilinganligini ma’lum qildi

AQSh 2014-yildan buyon IShIDning 180 nafar yetakchisi yo‘q qilinganligini ma’lum qildi


2014-yildan buyon AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya IShID terrorchilik tashkilotining 180 dan ortiq yetakchisini yo‘q qildi. Bu haqda AQSh davlat departamenti press-relizida ma’lum qilindi, deb yozadi “Vedomosti”.

“Koalitsiya aviatsiyasi 19 mingdan ortiq havo hujumini amalga oshirib, jang maydonida IShIDning bir necha o‘n minglab jangarisini yo‘q qildi. IShIDning 180 dan ortiq yetakchisi, jumladan, Abu Bakr al-Bag‘dodiyning kurash, axborot, moliya, neft va gaz vazirlari deb ataluvchi deyarli barcha o‘rinbosarlari, shuningdek, tashqi operatsiyalar shtabi rahbarlari yo‘q qilindi”, — deyiladi Vashingtonda 68 mamlakatdan koalitsiya vakillari qatnashgan vazirlik uchrashuvida tarqatilgan press-relizda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют