» » Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Vatanparvarlik bog‘i quriladigan va Matonat haykali o‘rnatiladigan joyda bo‘ldi (video)

Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Vatanparvarlik bog‘i quriladigan va Matonat haykali o‘rnatiladigan joyda bo‘ldi (video)


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 9-may kuni — Ikkinchi Jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi munosabati bilan xalqqa yo‘llagan tabrigida O‘zbekistonda ilk bor Vatanparvarlik bog‘ini yaratish va bog‘ markazida o‘zbek ayolining front ortidagi matonati va sadoqatini ifodalaydigan Matonat haykalini barpo etish tashabbusini ilgari surgan edi.

“O‘zbekiston 24”ning xabar berishicha, “davlatimiz rahbari Olmazor tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan ushbu bog‘ va infratuzilma loyihalari bilan tanishgan”. “Mamlakatimiz Prezidenti yangi bog‘da tom ma’noda vatanparvarlik muhitini yaratish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi telekanal lavhasida.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Tashkent City va Islom sivilizatsiyasi markazi qurilish maydonlarida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют