» » Andijonda traktoriga yoqilg‘i quyayotgan erkak kuyib tan jarohati oldi

Andijonda traktoriga yoqilg‘i quyayotgan erkak kuyib tan jarohati oldi


22-iyun kuni soat taxminan 15:30 da Baliqchi tumanidagi “Shonli Polvonko‘l” fermer xo‘jaligi haydovchisi, G‘.M. xo‘jalik tasarrufida bo‘lgan New Holland TL rusumli traktorga yoqilg‘i quyish vaqtida kuyib tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hozirda G‘.M.ning holati o‘rtacha bo‘lib, respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali kuyiklar bo‘limida shifokorlar nazorati ostida muolajalarni davom ettirmoqda.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan dastlabki tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida, fuqaro traktorga yoqilg‘i quyish vaqtida, traktorning yoqilg‘i sig‘imi va temir chelakdan hosil bo‘lgan statik elektr zaryadi oqibatida kuyib tan jarohati olganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda voqea joyiga mutaxassislar jalb qilinib, kuyish sabablari yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Boshqarma matbuot xizmati xodimi Azizbek Yorqulovning ma’lum qilishicha, xuddi shu kabi holat shu yilning 29-may kuni aynan Baliqchi tumanida “Aralxon” fermer xo‘jaligi traktorchisi M.T. bilan ham sodir bo‘lgan.

Bu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida viloyat YoXB fuqarolardan avtomashina va boshqa texnikalarga yoqilg‘ini shoxobchada, yashin qaytargich va statik elektr zaryadining oldini oladigan maxsus shlanglar yordamida amalga oshirishni tavsiya qiladi va texnikalarga yoqilg‘ini qo‘lda quyish yuqorida keltirib o‘tilgan oqibatlarga olib kelishi mumkinligi bo‘yicha ogohlantiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют