» » Oliy sud Otabek Murodovga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llanilganidan xabardor emas

Oliy sud Otabek Murodovga nisbatan qanday ehtiyot chorasi qo‘llanilganidan xabardor emas


O‘zbekiston Oliy sudi sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega emas. Bu haqda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi raisi Ikrom Muslimov 25-iyun, seshanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Gazeta.uz” muxbiri Otabek Murodovga nisbatan qanday turdagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani haqida savol berdi. Eslatib o‘tamiz, 21-iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokurorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan edi.

“Bugungi kunda biz bunday ma’lumotga ega emasmiz, siz huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishingiz mumkin… Bizda Otabek Murodovga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi bo‘yicha materiallar yo‘q”, — dedi Ikrom Muslimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют