» » Zulfiya Zokirova va uning urushdan qaytmagan besh o‘g‘li haqida film suratga olinadi

Zulfiya Zokirova va uning urushdan qaytmagan besh o‘g‘li haqida film suratga olinadi


Ayni kunlarda “O‘zbekkino“ Milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra, “Ezgu film“ kinostudiyasi tomonidan Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Xonobod qishlog‘ilik Zulfiya aya Zokirova hamda uning Ikkinchi jahon urushi janggohlaridan qaytmagan farzandlari Isoqjon, Ahmadjon, Muhammadjon, Vahobjon va Yusufjon, front ortidagi mashaqqatli mehnatlarni o‘z yelkasiga olgan to‘rt kelini taqdiri xususida hikoya qiluvchi, ishchi nomi “Ilhaq“ bo‘lgan badiiy filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Xalq so‘zi xabar qiladi.

Film ssenariysini kinorejissyor Jahongir Ahmedov va Hasan Toshxo‘jayev hammualliflikda yozgan. Film rejissori Jahongir Ahmedov, prodyuser Zafar Yo‘ldoshev.

Zulfiya aya Zokirovaning matonati haqida ilk bor davlat rahbari 2019-yil 9-may kuni Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan nutqida aytib o‘tgan edi. Bugun Olmazor tumanida bo‘lib, bu yerda barpo etiladigan G‘alaba bog‘i bilan yaqindan tanishgan Prezident matonatli bu ayol haqida yana eslab o‘tdi.

Xususan, poytaxtning Olmazor tumanida barpo etilayotgan G‘alaba bog‘ida o‘zbek ayolining matonati timsoli sifatida Zulfiya aya Zokirova, uning urushdan qaytmagan besh farzandi hamda beva qolgan to‘rt kelini xotirasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi o‘rnatilishi to‘g‘risida ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 21-iyun kuni mazkur badiiy film ssenariysi “O‘zbekkino“ MA Badiiy Kengashi tomonidan qabul qilingan va tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют