» » Rossiya uzoq masofaga uchuvchi yangi fuqarolik samolyotini yaratadi

Rossiya uzoq masofaga uchuvchi yangi fuqarolik samolyotini yaratadi


Professor Jukovskiy nomidagi Markaziy aerogidrodinamika instituti katta tezlikda uzoq masofaga uchuvchi fuqarolik samolyoti konseptini yaratdi, deb xabar beradi BBC.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gap 200—250 yo‘lovchini 9 ming kilometr masofaga tashishga qodir samolyot haqida ketmoqda.

Bu kabi texnik tavsiflarni Airbus kompaniyasining tor fyuzelyajli A321XLR samolyotida ham uchratish mumkin. Mazkur samolyot 200 dan ortiq yo‘lovchini 8300 kilometr uzoqlikka eltish imkoniyatiga ega ekanligi aytilmoqda.

Yangi samolyot Le Burje avtasalonida taqdim etildi.

Boeing kompaniyasi ham yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan shu kabi yangi samolyot ustida ish olib bormoqda. Kompaniya hozircha rasman yangi samolyotning tavsiflariga to‘xtalmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют