» » Alisher Qodirov: Deputat Kabul Dusovning ayollar va yoshlar masalasiga oid shaxsiy fikrlarini qoralayman

Alisher Qodirov: Deputat Kabul Dusovning ayollar va yoshlar masalasiga oid shaxsiy fikrlarini qoralayman


“Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov o‘zining Facebook’dagi sahidasida Bo‘stonliq tumani Xalq deputatlari kengasi deputati Kabul Dusovning ijtimoiy tarmoqlarda keng shov-shuvga sabab bo‘lgan fikriga o‘z munosabatini bildirdi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Xalq deputatlari kengashi deputati Kabul Dusovning ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan ayollar va yoshlar masalasidagi shaxsiy fikrlarini qoralayman.

E’lon qilingan postlar uning shaxsiy fikrlari bo‘lib, ushbu fikrlar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maqsad va g‘oyalariga tamoman ziddir.

Partiya ayollar va yoshlarni jamiyatimizning eng faol qatlami sifatida ko‘radi va ularga tayanadi. Tayyorlash jarayoni ketayotgan partiyaning saylovoldi dasturida ayollarga yanada qulayroq mehnat va turmush sharoitlari yaratish, xalqning dardini chuqurroq his qiladigan qatlam sifatida partiya faoliyatiga kengroq jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu bilan birga, yangi talablar va keng vakolatlarga ega bo‘ladigan mahalliy kengashlarga partiya tomonidan taklif etiladigan nomzodlarning tafakkur salohiyati va dunyoqarashini jiddiy tahlil qilish ishlari yanada kuchaytiriladi.

Alisher Qodirov, “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi 

Deputat Kabul Dusov Facebook’dagi sahiga ayollar va bolalarning siyosatga aralashuvi uning parokandaligiga olib kelishi haqida yozgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют