» » Rasman: “Barselona” o‘yinchisi “Everton”ga o‘tdi

Rasman: “Barselona” o‘yinchisi “Everton”ga o‘tdi


“Barselona” yarim himoyachisi Andre Gomesh faoliyatini “Everton”da davom ettiradi. Bu haqda ingliz klubining rasmiy saytida xabar berildi.

Mersisaydliklar 25 yoshli portugaliyalikni 22 million funt (bonuslardan tashqari 25 million yevro) evaziga sotib oldi hamda u bilan 2023/24-yilgi mavsumga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Andre Gomeshni 2016-yilda “Valensiya”dan 37 million yevro evaziga sotib olgandi. U kataloniyaliklar bilan Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘ldi, ikki marotaba mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, bir marta Superkubokda g‘alaba qozondi.

Gomesh 2018/19-yilgi mavsumni “Everton”da ijara asosida o‘tkazdi. U klub takibida Angliya Premyer ligasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 2 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют