» » Harbiy orkestrlar festivali: 200 dan ortiq harbiy sozandalardan “Yoshlar kuni”ga sovg‘a (video)

Harbiy orkestrlar festivali: 200 dan ortiq harbiy sozandalardan “Yoshlar kuni”ga sovg‘a (video)


O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Toshkent shahri hokimligi tashabbusi bilan 29-iyun soat 19:00 da Xalqlar do‘stligi san’at saroyi markaziy maydonida “Musiqa jangovar safda” nomli harbiy orkestrlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Festivalda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligiga qarashli jami 12 jamoa tarkibida 200 dan ortiq musiqiy sozandalar ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tadi.

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan festival doirasida harbiy orkestr tomonidan nafaqat harbiy kuy-qo‘shiqlar, balki jahon va o‘zbek klassik musiqalari ham xalq e’tiboriga havola etiladi.

“Barcha yurtdoshlarimizni ushbu gala-konsertga taklif etamiz”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют