» » Toshkent hokimligi Shanxay meriyasi bilan Hamkorlik to‘g‘risida memorandum tuzdi

Toshkent hokimligi Shanxay meriyasi bilan Hamkorlik to‘g‘risida memorandum tuzdi


Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Shanxayga tashrifi chog‘ida 2017—2019-yillarda ikki shahar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarning butun majmuini o‘z ichiga olgan Hamkorlik to‘g‘riidagi memorandum imzolandi, deb yozadi “Jahon” AA.

Munitsipalitetlar kelishuv bandlarining bajarilishini nazorat qilib boradigan maxsus ishchi guruhni tuzdi. Hujjat biznes va savdoni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, turizm va sport kabi sohalarni qamrab oladi.

Xitoyga tashrif doirasida O‘zbekiston vakillari, shuningdek, Shanxayning shaharlashtirish, qurilish va kommunikatsiyalar bo‘yicha komissiyasi bosh kotibi Jin Chen bilan uchrashdi. Uchrashuvda me’moriy inshootlar qurish, kommunal sohani rivojlantirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shanghai Construction va Shangtex kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralarda Xitoy kompaniyalarining Toshkentdagi qator obyektlar qurilishidagi ishtiroki haqida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют