» » Huawei “Eng yaxshi 5G tarmoq texnologiyasi” mukofotini qo‘lga kiritdi

Huawei “Eng yaxshi 5G tarmoq texnologiyasi” mukofotini qo‘lga kiritdi


Huawei kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan intellektual va soddalashtirilgan 5G baza tarmog‘i London shahrida o‘tkazilgan Xalqaro 5G 2019 sammitida “Eng yaxshi 5G tarmoq texnologiyasi” mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Huawei “Eng yaxshi 5G tarmoq texnologiyasi” mukofotini qo‘lga kiritdi.

5G jahondagi butun industriyalarni o‘zgartirish va yangi ilovalar hamda biznes modellarni ilgari surishga keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

5G baza tarmog‘i hamma yerda ishlaydigan aloqani yo‘lga qo‘yish va tarmoq resurslarini rejalashtirishga yordam beradigan xab (markaz) vazifasini bajaradi.

Bu nafaqat insonlarni, balki buyumlarni ham o‘zaro bog‘laydi, shuningdek, farqli va bir turdagi tarmoq hizmatlarining ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Bu kabi yechimlar 5G standartining industrial internet va industrial raqamlashtirishga yanada sifatli xizmat qilishiga imkoniyat beradi.

Huawei yaratgan intellektual va soddalashtirilgan 5G baza tarmog‘i uch qavatli bo‘lish, o‘zgarmas dizayn, o‘zgarmas tok bo‘ylab qo‘llanish, mikroservislar va A/B test singari yaxlit bulutga asoslangan muhim texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu tarmoq yetakchi bulutli yechimlar, aloqa+ va ilg‘or hisoblash texnologiyalari asosida qurilgan bo‘lib, 2G/3G/4G/5G NSA/5G SA standartlarini mukammal hamohanglikda qo‘llab-quvvatlaydigan mazkur sanoatdagi birinchi bazaviy tarmoqdir. U soddalashtirilgan ovozli yechim - Singl  Voice Core va CUPS texnologiyasiga asoslangan taqsimlangan arxitekturani taqdim qiladi. CUPS texnologiyasi asosida mazkur 5G tarmoq foydalanishga tayyor universal interfeys, talabga muvofiq rejalashtiriladigan ilg‘or geterogen hisoblash resurslari, uchinchi tomon ilovalari bilan tezkor integratsiyalanish funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, shu bilan birga, u farqli xizmatlar bilan ta’minlash va minglab sohalarni jadal rivojlantirish orqali ochiq ekotizimni shakllantirishga zamin yaratadi.

Bu borada, Ma Liang, Huawei kompaniyasining Cloud Core Network yo‘nalishining rahbari shunday deydi: “Biz bu mukofotni qo‘lga kiritishdan bag‘oyatda mamnunmiz. Huawei 5G texnologiyasi bo‘yicha sohadagi yetakchi pozitsiyani egallash uchun 5G tarmog‘ini ishlab chiqadigan tadqiqot markazlariga muntazam ravishda sarmoya ajratib keldi. Biz vertikal sanoatlarda 5G ilovalarini yaratish, mukammal ekotizimni yo‘lga qo‘yish va 5G tarmog‘ining tijoriy faoliyatini boshlash maqsadida mobil operatorlar va sohadagi hamkorlar bilan uzoq vaqtdan beri ishlab kelamiz.

2019-yilning iyun oyiga qadar Huawei kompaniyasi 5G uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha jahon bo‘ylab 46 ta shartnoma imzoladi, tarmoq segmentatsiyasi asosida sohalararo kommunikatsiya yechimlari, aqlli tarmoq to‘ri (MEC), VR/AR, IoV, distansion jarrohlik, aqlli sanoat va boshqa yo‘nalishlarga oid yechimlarni ishga tushirib, global 5G ekotizimini kengaytirishga salmoqli hissa qo‘shdi. Huawei mazkur texnologiyaning iste’molchilarga mukammal darajada xizmat ko‘rsatishiga erishish uchun uni rivojlantirishdan to‘xtamaydi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют