» » Apple kompaniyasi qizil iPhone 7 hamda yangi iPad’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi qizil iPhone 7 hamda yangi iPad’ni taqdim etdi


Amerikaning Apple korparatsiyasi RED xayriya loyihasi bilan o‘zaro hamkorlikka o‘n yil to‘lishi munosabatiga iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus’ning yangilangan modelini taqdim etdi, deya xabar berdi “Kommersant”.

Yangi smartfon qizil rangli alyumin korpusida chiqdi. Bundan tashqari, kompaniya tarixida eng arzon deb topilgan 9,7 dyumli iPad plansheti ham taqdim qilindi.

Apple’ning press-relizida iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus RED Special Edition modellari 128 GB yoki 256 GB’li bo‘lishi ko‘rsatilgan. Smartfon 24-martdan sotuvga chiqadi. AQShda yangi modelning narxi 749 dollardan boshlanadi.

Bundan tashqari, kompaniya iPad planshetlar liniyasini ham yangiladi. Endilikda 9,7 dyumli displeyga ega iPad’ni xarid qilish mumkin.

Qurilmaning qalinligi 7,5 millimetr, ekran o‘lchamlari — 2048×1536 piksel. Yangi planshetning protsessori A9, asosiy kamerasi 8 megapiksel, frontal kamerasi 1,2 megapiksel. Bu Apple tarixidagi eng arzon planshet. 32 GB xotiraga ega iPad 329 dollar, LTE tizimiga ega model 459 dollar turadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют