» » Rasman: “Barselona” hujumchisi  faoliyatini “Osasuna”da davom ettiradi

Rasman: “Barselona” hujumchisi  faoliyatini “Osasuna”da davom ettiradi


“Barselona” hujumchisi Mark Kardona faoliyatini “Osasuna”da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Pamplona klubi 23 yoshli hujumchini 2,5 million yevro evaziga sotib oldi. Klub futbolchi bilan 2023-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Shuningdek, shartnomaga ko‘ra ispaniyalikning tovon puli 14 million yevro etib belgilab qo‘yildi.

Kardona o‘tgan mavsumni “Eybar”da ijara asosida o‘tkazgandi. U La Liga doirasida 17 uchrashuvda qatnashib, 3 ta to‘p kiritgan va 1 ta  golli uzatma bergan.

Ma’lumot uchun, “Osasuna” 2018/19-yilgi mavsumda Segunda g‘olibiga aylanib, La Ligada qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют