» » BMT 2017-yilda qariyb 271 mln kishi giyohvand modda iste’mol qilganini ma’lum qildi

BMT 2017-yilda qariyb 271 mln kishi giyohvand modda iste’mol qilganini ma’lum qildi


BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi keltirgan ma’lumotga ko‘ra, 2017-yilda dunyo bo‘yicha taxminan 271 million kishi kannabis (nasha), kokain, opium va sintetik giyohvand moddalar iste’mol qilgan. “TASS”ning yozishicha, 35 million kishi giyohvand moddalarga qaramlik sababli tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.

BMT mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan giyohvand moddalarga qaramlar soni 30 million kishidan 35 million kishiga ortgan.

Shuningdek, giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq o‘lim hollari soni ham oshib, 585 mingtani tashkil etgan. Kannabis (nasha) eng keng tarqalgan giyohvand modda deb topilgan, eng xavfli giyohvand modda sifatida esa opioidlar (geroin va opium) keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2017-yilda kokain ishlab chiqarish chorak marta ko‘paygan bo‘lib, umumiy hisobda 1976 tonnani tashkil etgan. Asosiy ishlab chiqaruvchi Kolumbiya bo‘lib, unga ushbu giyohvand moddaning 70 foizi to‘g‘ri keladi.

BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq, 26-iyun butun dunyoda Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют