» » “Manchester Yunayted” “Barselona” taklifini rad etdi

“Manchester Yunayted” “Barselona” taklifini rad etdi


“Barselona” “Manchester Yunayted” himoyachisi Viktor Lindelyofga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.

Kataloniya klubi de Ligt transferi amalga oshmagach, bor e’tiborini 24 yoshli o‘yinchiga qaratgan.

“Ko‘k-anorranglilar” rahbariyati shu oyda shvetsiyalik transferi yuzasidan bir necha bor “Yunayted” bilan aloqaga chiqqan. Biroq ingliz klubi Lindelyofni qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Viktor Lindelyof “qizil iblislar” safiga 2017-yilning yozida “Benfika”dan 35 million yevro evaziga kelib qo‘shilgandi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi 2018/19-yilgi mavsum Premyer ligada 30 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют