» » Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga EKSPO maydonchasini ko‘rsatadi

Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga EKSPO maydonchasini ko‘rsatadi


Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyevga EKSPO-2017 ko‘rgazmasi maydonchasini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Kazinform”.

“O‘zbekiston EKSPO-2017 da keng ko‘lamda ishtirok etish haqida qaror qabul qilganligi uchun Shavkat Miromonovich, Sizga shaxsan minnatdorlik bildirmoqchiman va uni bugun sizga ko‘rsatmoqchiman”, — dedi Nursulton Nazarboyev Oq O‘rdadagi ikki tomonlama uchrashuv davomida.

Davlat rahbari O‘zbekiston ko‘rgazmada o‘zining eng yaxshi yutuqlarini namoyish etishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekistonning EKSPO ko‘rgazmasidagi ishtiroki mamlakatingizning eng yaxshi yutuqlarini dunyoga namoyish etish imkonini berishiga ishonaman.

Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston prezidenti, shuningdek, tomonlar barcha masalalarni muhokama qilishda bir-biriga ishonch va samimiylikka amal qilishiga ishonch bildirdi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют