» » Rasman: “Liverpul” 17 yoshli himoyachini sotib oldi

Rasman: “Liverpul” 17 yoshli himoyachini sotib oldi


“Liverpul” yozgi transferlar oynasida dastlabki transferini e’lon qildi.

“Mersisaydliklar” “Zvolle” himoyachisi Sepp van der Bergni o‘z safiga qo‘shib oldi. Klub futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. “Liverpul” xalqaro transferni amalga oshirishga ruxsat olgandan so‘ng shartnoma rasmiy ravishda iyul oyida imzolanadi.

The Times’ning xabar berishicha, “Liverpul” himoyachini 1,5 million funt evaziga sotib olgan.

Van der Bergga “Bavariya” hamda “Ayaks” klublari ham da’vogarlik qilgandi.

17 yoshli himoyachi 2018/19-yilgi mavsum Niderlandiya chempionatida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют