» » Navoiy viloyatidagi to‘rtta mahallada 2016—2018-yillarda 712 mln so‘m noqonuniy sarflangan

Navoiy viloyatidagi to‘rtta mahallada 2016—2018-yillarda 712 mln so‘m noqonuniy sarflangan


Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyasi uchun davlat budjetidan ajratilayotgan moddiy yordam mablag‘larini manzilli va maqsadli sarflanishi yuzasidan navbatdagi moliyaviy nazorat amalga oshirildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalarni Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablariga mosligi nazoratdan o‘tkazilganda bir qator qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Misol uchun, Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Halovattepa”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Qalqon-ota” va “Oq-Oltin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida  2016—2018-yillarda ushbu mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ul xodimlari tomonidan jami 712,3  million so‘mlik mablag‘ noqonuniy sarflanishiga yo‘l qo‘yilgan.

Jumladan, Navbahor tumani hududida ro‘yxatda turmaydigan va yashamaydigan 43 nafar fuqaroga “Halovattepa” (140 million so‘m), “Qalqon-ota” (261,9 million so‘m) va “Mirzo Ulug‘bek” (119,3 million so‘m) mahalla fuqarolar yig‘inlarining mas’ul xodimlari tomonidan bir vaqtning o‘zida 521,2 million so‘mlik nafaqalar tayinlanib, ularning bank plastik kartalariga asossiz to‘lab berilgan.

“Halovattepa” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari esa  ushbu mahallada yashovchi, lekin nafaqa so‘rab murojaat qilmagan 5 nafar fuqaroga 63,6 million so‘mlik, mahalla hududida ro‘yxatga olinmagan va yashamaydigan 2 nafar fuqaroga 4,2 million so‘mlik nafaqa asossiz ravishda tayinlanib, ularning nomiga ochilgan bank plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.

Bundan tashqari, “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ning 6-bandi talablariga zid ravishda bir vaqtning o‘zida ikki turdagi nafaqa tayinlanishi oqibatida “Halovattepa” mahalla fuqarolar yig‘inida 2 nafar fuqaroga 1,5 million so‘mlik, “Qalqon ota” mahalla fuqarolar yig‘inida 4 nafar fuqaroga 1,7 million so‘mlik mablag‘ ortiqcha to‘langan.

Shuningdek, “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari tomonidan 37 nafar fuqaroga 35,9 million so‘mlik, “Oq-oltin” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari tomonidan 52 nafar fuqaroga 72 million so‘mlik, “Qalqon-ota” mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimlari tomonidan 20 nafar fuqaroga 12,1 million so‘mlik ortiqcha nafaqa tayinlanib, to‘langanligi antiqlandi.

Aniqlangan holatlarga qonuniy baxo berish uchun nazorat tadbirlari xujjatlari prokuratura organlariga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют