» » Rossiyaning Strunino shahri aholisi o‘zlariga bepul non tarqatib kelayotgan tadbirkor ustidan prokuraturaga arz qildi

Rossiyaning Strunino shahri aholisi o‘zlariga bepul non tarqatib kelayotgan tadbirkor ustidan prokuraturaga arz qildi


Rossiyaning Vladimir viloyati, Strunino shahridagi “Yerik” do‘koni egasi 8 yildan beri muhtojlarga non tarqatib keladi, biroq ular bunga javoban uni haqoratlaydi va prokuraturaga shikoyat qiladi. Bu haqda “Afisha Daily” xabar berdi. 

Mamud Shavershyan har oy maxsus talonlar orqali ikki mingga yaqin baton va mingga yaqin qora non tarqatadi. Mijozlarning aksariyatiga ko‘ra, nonni ular uchun shaxsan Putin, shahar meri yoki Vladimir viloyati gubernatori ajratadi, do‘kon egasi esa ularga buning faqat bir qismini tarqatadi, xolos. 

Shavershyanning ustidan bir necha bor prezident ma’muriyati, prokuratura, sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga shikoyat yo‘llashga harakat qilindi. Fuqarolarning aksariyati navbatga bir necha marotabadan turib, ko‘proq talon olib qolishga urinadi. 

Mamud Shavershyan Rossiyaga Armanistondan 25 yil avval kelgan. U bepul non ajratishdan tashqari, qo‘shni bolalar bog‘chasiga teshikkulcha va pecheniy, cherkovga non tarqatadi. Armanistondagi o‘zi o‘qigan maktabni deyarli boshdan-oyoq ta’minlaydi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют