» » Toshkentda samarqandlik erkak shar’iy nikohdagi xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda samarqandlik erkak shar’iy nikohdagi xotinini pichoqlab o‘ldirdi


Toshkentda samarqandlik erkak shar’iy nikohdagi xotinini pichoqlab o‘ldirdi, deya xabar bermoqda “Jahon.uz”.

1978-yil 25-sentabr kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan Yo.Q. (Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining 2002-yil 4-martdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (JK) ning 266-moddasi 1-qismi, 117-moddasi 1-qismi bilan JKning 59-moddasi tartibida, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudining 2003-yil 18-dekabrdagi hukmiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan sudlangan) Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 15-mavze, 12-uy, 55-xonadonda shar’iy nikohiga olib, M.M. ismli ayol bilan 2017-yilning yozidan boshlab yashab kelgan.

Yo.Q. va M.M. yashash vaqtlarida rashk sabab o‘zaro janjallashib kelgan. Davomli kelishmovchilikdan so‘ng, M.M. o‘z onasiga tegishli bo‘lgan xonadondan Yo.Q.ni haydab chiqarib yuborgan va bir boshqa yashamasligini bildirib, uyiga qaytarib kirgizmagan.

Bundan darg‘azab bo‘lgan Yo.Q. oshxona pichog‘i bilan qurollanib, Uchtepa tumani, 15-mavze, 16-uy oldidagi avtoturargoh oldida ayolning uydan chiqishini poylab turib, u uydan chiqib avtoturargohda turgan Lacetti rusumli avtomashinasiga kelib o‘tirgan vaqtida, Yo.Q. uning ortidan avtomashina oldiga kelib, o‘ng qo‘lidagi oshxona pichog‘ining yog‘och dastasining to‘mtoq qismi bilan avtomashinaning haydovchi old chap eshigi oynasini urib sindirib, so‘ngra tanasining bosh qismi bilan avtomashinaning singan oynasidan saloniga kirgani holda qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan haydovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan shar’iy turmush o‘rtog‘i M.ning tanasining bo‘yin va boshqa sohalariga bir necha marta urib qasddan o‘ldirib, voqea joyidan qochib ketgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining hukmiga ko‘ra, Yo.Q. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan 14 yil ozodlikdan mahrum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют