» » Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari muzokaralari yakuni boyicha bir qator hujjatlar imzolandi

Qozog‘iston va O‘zbekiston prezidentlari muzokaralari yakuni boyicha bir qator hujjatlar imzolandi


Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muzokaralarining yakunlari bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolandi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Jumladan, davlat rahbarlari Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida strategik sherikchilik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini chuqurlashtirish haqidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Respublikasi bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va uning o‘zbekistonlik hamkasbi Ochilboy Ramatov Hududlararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, 2017—2019-yillarda iqtisodiy hamkorlik strategiyasi, Ikki karra soliq undirishning oldini olish haqidagi bitimga o‘zgartirish kiritish haqidagi bayonnomani imzoladi.

Qozog‘iston Respublikasi investitsiya va taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbek va O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vaziri Elyor G‘aniyev Xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladi.

Ikki mamlakat tashqi siyosat boshqarmalari rahbarlari Qayrat Abdraxmonov va Abdulaziz Komilov Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturini imzoladi.

Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri Saken Jasuzakov  va uning o‘zbekistonlik hamkasbi Qobul Berdiyev Ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют