» » Toshkentda bir kechada ikkita kafe yonib ketdi (video)

Toshkentda bir kechada ikkita kafe yonib ketdi (video)


27-iyun kechasi Toshkent shahrida joylashgan ikkita kafe yonib ketdi. Bu haqda Yong‘in xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Birinchi yong‘in soat 20:41 da, Olmazor tumani Qoraqamish-1 ko‘chasida joylashgan “Shabboda” kafesida sodir bo‘lgan. Kafening 350 kvadrat metr ichki va tom qismi yonib ketgan. Yong‘in joyiga 8 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Ikkinchi yong‘in esa soat 21:25 da Yashnobod tumani S.Mashxadiy ko‘chasidagi “U Arkadiya” kafesida sodir bo‘lgan.

Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, tezkor harakatlar natijasida soat 21:55 da o‘chirilgan. Yong‘indan kafening 40 metr kvadrat maydoni va tom qurilish qismiga zarar yetkazgan.

Yong‘in elektr simlarni qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют