» » Superliga. “Bunyodkor” “Dinamo” mehmoni bo‘ladi, “Navbahor” esa “Qizilqum”ni sinovdan o‘tkazadi

Superliga. “Bunyodkor” “Dinamo” mehmoni bo‘ladi, “Navbahor” esa “Qizilqum”ni sinovdan o‘tkazadi


28-iyun, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-tur bahslariga start beriladi.

Turning dastlabki o‘yinida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi Samarqandning “Dinamo” klubi maydoniga safar qiladi. Uchrashuv soat 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, toshkentliklar 12-turda “Surxon”ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Samarqand klubi “Lokomotiv”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1).

Shu kuni Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK klubi o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi. Bellashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, OKMK avvalgi turda “Andijon”dan ustun kelgandi (2:1). “Metallurg” esa “Nasaf”ga imkoniyatni boy bergandi (0:1).

Kunning so‘nggi bahsida Namanganning “Navbahor” klubi Navoiyning “Qizilqum” jamoasi mehmoni bo‘ladi. O‘yin soat 20:00 da boshlanishi belgilangan.

Qayd etish joiz, “Navbahor” oxirgi turda “Buxoro”ni mag‘lub etgandi (3:1), “Qizilqum” esa “Paxtakor”ga qarshi kechgan o‘yinda o‘z darvozasidan javobsiz 8 ta to‘p o‘tkazgandi (0:8).

Mavzuga doir: Superliga. “Bunyodkor” “Surxon”ga yutqazib qo‘ydi, “Navbahor” va “Nasaf”da esa g‘alaba

Superliga

13-tur bahslari

28-iyun, juma

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют