» » “Manchester Yunayted”ga “Arsenal” hujumchisi kerak

“Manchester Yunayted”ga “Arsenal” hujumchisi kerak


“Arsenal” hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang yozgi transferlar vaqtida “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi Mirror.

“Mankunianlar” ustozi Ole-Gunnar Sulsher gabonlik futbolchini hujumchi Romelu Lukakuga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik yozgi transferlar oynasi vaqtida katta ehtimol bilan klubni tark etadi.

Ma’lumot uchun, Obameyangga Xitoy klublaridan ham yaxshigina taklif tushgan. Unga “Guanchjou Evergrand” va “Shanxay SIPG” qiziqish bildirmoqda va xitoyliklar gabonlik uchun haftasiga 300 ming funt (339 ming yevro atrofida) maosh to‘lashga tayyor.

Qayd etish joiz, hujumchi ortda qolgan mavsum Angliya Premyer ligasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol urdi hamda 5 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют