» » Xorazmda mast holda avtomobil boshqargan haydovchi 2 kishining umriga zomin bo‘ldi

Xorazmda mast holda avtomobil boshqargan haydovchi 2 kishining umriga zomin bo‘ldi


Xorazmda haydovchi mast holda avtomashina haydashi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Bugun, 28-iyun kuni Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi 31 yoshli D.K mast holda o‘zining Nexia rusumli avtomashinasini shu mahalla hududidan o‘tuvchi “Urganch — Xazorasp” yo‘lining 33-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga urilib ag‘darilib ketgan.

Natijada ikki nafar yo‘lovchilari 38 yoshli E.B va 35 yoshli I.Mlar jarohat olib voqea joyida vafot etgan, shuningdek avtomashina haydovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 26) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют