» » Samarqandda MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishi va birinchi turistik yarmarkasi o‘tkaziladi

Samarqandda MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishi va birinchi turistik yarmarkasi o‘tkaziladi


9-10-iyul kunlari Samarqand shahrida MDH mamlakatlari Turizm kengashining navbatdagi yig‘ilishi va birinchi turizm yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

MDH mamlakatlari turistik jozibadorligini oshirish va turizm sohasi vakillarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan 2018-yilning 10-11-avgustida Dushanbe (Tojikiston) shahrida bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishi doirasida navbatdagi tadbirni Samarqand shahrida o‘tkazish taklif qilingan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi hamda Vazirlar Mahkamasining MDH mamlakatlari Turizm kengashi yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazishga doir topshirig‘iga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan MDH mamlakatlari Birinchi turizm yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, mazkur yarmarkaning MDH mamlakatlari Turizm kengashi tadbiri doirasida tashkil etilishiga kelishilgan. Mazkur format MDHga a’zo mamlakatlarning turistik salohiyati bilan yaqindan tanishish, Hamdo‘stlikdagi turizm sektoring muhim trendlari va yangiliklarini almashish, turizm tashkilotlari va biznes vakillari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish uchun qulay sharoit yaratadi.

Tadbirning asosiy maqsadi – MDH mamlakatlari o‘rtasida qo‘shma turizm loyihalarni sonini orttirish, hamkorlik va ahil qo‘shnichilik ruhini qo‘llab-quvvatlashdir.

MDH mamlakatlarining birinchi turizm yarmarkasi Samarqand shahrida Hamdo‘stlik Turizm kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida 2019-yilning 9-10-iyul kunlari o‘tkaziladi. Shu bilan birga, mazkur tadbir dasturi “MDH davlatlarida turizm va mintaqaviy hamkorlik: yangi chaqiruvlar va imkoniyatlar” deb nomlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminarni ham o‘z ichiga oladi.

Turistik yarmarkada tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hukumat organlari, diplomatik korpuslar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar, turistik biznes vakillari, shuningdek, mahalliy va chet el OAV vakillari ishtirok etadi.

Tadbir tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, MDH Ijro qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют