» » Andijon viloyati hokimi qaysi vazirni “maraz”, “vazircha” deya haqoratladi (audio)

Andijon viloyati hokimi qaysi vazirni “maraz”, “vazircha” deya haqoratladi (audio)


Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishlardan birida sog‘liqni saqlash tizimi vakili sha’niga “haqoratli” so‘zlar aytildi, deb xabar berdi “7news.uz”.

Audioyozuvda Shuhrat Abdurahmonov sog‘liqni saqlash tizimi vakillaridan birini (Tahririyat: “katta ehtimol bilan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abdurahmonov”) “latta”, “iflos”, “it”,  “hezalak” kabi o‘ta qo‘pol va haqoratomuz so‘zlar bilan tahqirlaganini tinglash mumkin.

Jumladan, ushbu audioyozuvda Shuhrat Abdurahmonov shunday deydi:

“Anavi marazing, vazirchang iflos, kecha menga kevolib kutimga paxta qo‘yib, Andijondan chiqqan, Genprokurorga xat kirgizipti, shpritsni tender qilmasdan o‘tkizyapti, sen marazsan, sen! Otasiga rahmat, ‘genprokuror’ menga aytayapti, Shuhrat aka deydi, gaplashvoling mana vazir bilan deydi, xat qilyapti deydi”.

“Agar yuqoridagi gaplarni yaxshilab tinglaydigan bo‘lsak, hokim sog‘liqni saqlash tizimini tanqid qilib turganda ‘vazirchang’ deya shu soha, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, tibbiyot fanlari doktori,professor, Alisher Shodmonovni nazarda tutdi degan fikrga kelasan, kishi. Darhaqiqat, Shuhrat Abdurahmonov Andijondan chiqqan marazing, vazirchang deb haqoratlagan vazirning Toshkentda tug‘ilgani aytilsa-da, u Andijonda ‘karyera’ qilgan.

“Jumladan, Alisher Shodmonov 1985—1987-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti urologiya mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatori, 1990—1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining Jarrohlik fakulteti kafedrasi urologiya kursi assistenti, Davolash fakulteti dekani o‘rinbosari, 1993—1996-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori, 1996—2000-yillarda Andijon shahar Sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri, 2000—2004-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori, 2004—2009-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti dekani, 2009—2010-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010—2015-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan”, — deyiladi xabarda.

Alisher Shodmonov 2017-yilning fevral oyidan buyon O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют