» » “Ayaks” Donni van de Bek uchun “Real”dan qancha mablag‘ talaba qilayotgani ma’lum bo‘ldi

“Ayaks” Donni van de Bek uchun “Real”dan qancha mablag‘ talaba qilayotgani ma’lum bo‘ldi


“Ayaks” yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.

Madrid klubi niderlandiyaliklar bilan futbolchi transferi borasida muzokaralar olib bormoqda. Ammo tomonlar hozircha kelishuvga erisha olganicha yo‘q. “Ayaks” van de Bek uchun 65 million yevro talab qilmoqda, biroq “Real” 50 milliondan ortiq mablag‘ to‘lamoqchi emas.

Avvalroq “Qirollik klubi” “Manchester Yunayted”dan Pol Pogbani sotib olishga uringandi.

Shundan so‘ng Madrid klubi bor e’tiborini niderlandiyalik yarim himoaychi Donni van de Bek transferiga qaratmoqda.

Ma’lumot uchun, van de Bek 2018/19-yilgi mavsum Niderlandiya chempionatida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi hamda 12 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют