» » Adliya vazirligi jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilamoqchi

Adliya vazirligi jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlik belgilamoqchi


Bugun, 28-iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan “Media-savodxonlik va fake-news” mavzusida jurnalistlar uchun seminar bo‘lib o‘tdi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Tadbirda Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev, Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev, taniqli jurnalistlar, blogerlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Axborot tarqatish huquqi va mas’uliyati, yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik masalalari muhokama qilingan seminarda kuni kecha qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida tilga olingan vazifalar ham e’tibor markazida bo‘ldi.

Xususan, qarorda aytilgan “ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ma’lumot taqdim etmaganlik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etganlik, shuningdek, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik va jurnalistlarga bosim o‘tkazganlik uchun javobgarlikni belgilash to‘g‘risida takliflar kiritsin” degan band yuzasidan seminarga yig‘ilganlarning mulohazalari tinglandi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev ushbu masala yuzasidan quyidagicha bayonot berdi: “Prezident qaroriga asosan Adliya vazirligi tomonidan jurnalistlarga ma’lumot taqdim etmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish, shuningdek, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish va jurnalistlarga bosim o‘tkazgani uchun davlat organlarining javobgarligi masalasini qonunchilikka kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bunda, biz birinchi navbatda, professional qatlam, ya’ni jurnalist va blogerlardan tegishli takliflarni kutib qolamiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют