» » 2021-yildan boshlab Toshkentda har 2 yilda 1 marta “Xalqaro sirk san’ati” festivali o‘tkaziladi

2021-yildan boshlab Toshkentda har 2 yilda 1 marta “Xalqaro sirk san’ati” festivali o‘tkaziladi


Hukumat qarori (535-son, 27.06.2019-y.) bilan “Xalqaro sirk san’ati” festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Festival 2021-yildan boshlab har 2 yilda 1 marta Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Festival doirasida sirk ustalarining Xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar ko‘rik-tanlov o‘tkazish sanasidan 2 oy oldin Madaniyat vazirligiga hujjatlarni taqdim etadi.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari 4 ta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:

gimnastika;

aktrobatlar;

hayvonlar olami;

maxsus (original) chiqishlar.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Festivalning har bir qatnashchisiga “Xalqaro sirk san’ati” festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют