» » “Barselona” “Manchester Yunayted”dan Rakitich uchun katta mablag‘ talab qilmoqda

“Barselona” “Manchester Yunayted”dan Rakitich uchun katta mablag‘ talab qilmoqda


“Manchester Yunayted” “Barselona” xavbeki Ivan Rakitichga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

“Mankunianlar” 3-4 hafta avval kataloniyaliklar bilan xorvatiyalik hamda himoyachi Samyuel Umtiti transferi borasida aloqaga chiqqandi. “Barselona” muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirgandi, ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi.

Ayni damda 31 yoshli futbolchining xizmatiga “Yunayted” bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning shaxsan o‘zi qiziqyapti. Sulsher uni Pol Pogbaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Qayd etish lozim, “Manchester Yunayted” Rakitich uchun so‘nggi 35 million yevrolik taklif bilan chiqqandi, biroq “Barselona” buni rad etgandi. Kataloniya klubi xorvatiyalikni 50 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют