» » Amerikalik ssenariynavis Disney kompaniyasini “Hayvonlar shahri” multfilmi g‘oyasini o‘g‘irlaganlikda ayblab, sudga berdi

Amerikalik ssenariynavis Disney kompaniyasini “Hayvonlar shahri” multfilmi g‘oyasini o‘g‘irlaganlikda ayblab, sudga berdi


Amerikalik ssenariynavis Geri Goldmen malliflik huquqini buzganlik va “Hayvonlar shahri” multfilmi g‘oyasini o‘g‘irlaganlikda ayblab, Disney kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Goldmenga ko‘ra, u 2000 va 2009-yillarda Disney prodyuserlariga o‘zining bir necha g‘oyalarini taklif etgan, biroq ular rad etilgandi. Shundan so‘ng esa kompaniya “Hayvonlar shahri”ni yaratish chog‘ida qahramonlarining aksari, mavzu, hatto kartina nomigacha undan o‘zlashtirgan. 

Ssenariynavis tovon to‘lanishi (summasi oshkor etilmagan) va mualliflik huquqlari e’tirof etilishini talab qildi. 

Disney vakillari barcha gumonlarni “asossiz” deya rad etdi va Goldmenni o‘zganing shon-shuhratiga da’vogarlikda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, “Hayvonlar shahri” multfilmi 2017-yilda “Oskar” mukofotining eng yaxshi animatsion filmi nominatsiyasida g‘olib chiqdi.

Опубликовано: admin (23-03-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют