» » OAV: Genri Kavill yangi serialda Sherlok Xolms rolini ijro etadi

OAV: Genri Kavill yangi serialda Sherlok Xolms rolini ijro etadi


Genri Kavill Serena Blaskoning romani asosida suratga olinadigan “Enola Xolms” kartinasida Sherlok Xolms rolini ijro etadi, deb xabar beradi “TASS”.

Sherlok Xolmsning singlisi Enola rolini esa Milli Bobbi Braun jonlantiradi. U “Juda g‘aroyib ishlar” serialidagi O‘n birinchi roli bilan tanilgan. Film rejissori bunga qadar “Yevani o‘ldirish” seriali ustida ish olib borgan Garri Bredbir. Ssenariyni Jek Torn yozadi.

Suratga olish ishlari yoz faslida boshlanishi rejalashtirilgan. Enola Xolms haqida 6 ta kitob yozilgan bo‘lib, ularning birinchisi 2006-yilda chop etilgan.

Genri Kavill “Temir odam”, “Betmen Supermenga qarshi”, “Adolat ligasi” kabi filmlardagi Supermen roli bilan tanilgan. Serial 2019-yilning oxirlarida katta ekranlarga chiqadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют