» » Malayziyada koma holatida bo‘lgan ayol sog‘lom farzand dunyoga keltirdi

Malayziyada koma holatida bo‘lgan ayol sog‘lom farzand dunyoga keltirdi


Malayziyaning Petaling-Jaya shahrida koma holatida bo‘lgan ayol farzandli bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Star.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilda 36 yoshli Kamariya Arve bosh aylanishi va ko‘z xiralashishidan shikoyat qilgan. Unga bosh miya o‘smasi tashxisi qo‘yilgan va operatsiya o‘tkazilgan. Shunga qaramay, u dekabr oyida komaga tushib qolgan. O‘sha paytlarda ayol allaqachon homilador bo‘lgan.

Ona behush holda yotsa ham, bola rivojlanishda davom etgan. Homiladorlikning 33-haftasida bola kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘dirib olingan. Chaqaloq qiz bo‘lib, u sog‘lom tug‘ilgan va Fara Xanis Fayrol Xaziri deb ism qo‘yilgan.

Uning otasiga bemor ayoli va yangi tug‘ilgan qiziga o‘zini butunlay bag‘ishlashga to‘g‘ri kelgan. “Rafiqamni yana hushiga kelganini ko‘rishni xohlayman. Qizim boshqa bolalar kabi sog‘lom tug‘ilganidan minnatdorman”, — deydi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют