» » Botsvana Buxoro qorako‘l qo‘y va qo‘chqorlarini sotib oladigan bo‘ldi

Botsvana Buxoro qorako‘l qo‘y va qo‘chqorlarini sotib oladigan bo‘ldi


Afrikaning Botsvana davlati hukumati hamda chorvadorlaridan iborat yirik delegatsiya O‘zbekistonning qorako‘lchilik markazlari bo‘lgan Samarqand va Buxoro shaharlariga safar qildi hamda mamlakatda qorako‘lchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi O‘zA.

Shuningdek, safar davomida afrikalik mehmonlar o‘zbek qorako‘lchilik maktabi tajribasi bilan ham yaqindan tanishdi.

28-iyun kuni tomonlar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Afrika delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov hamda Botsvana oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazirligi kotibi muovini Jon Kassius Moreki qatnashdi. Uchrashuvda janob Moreki o‘zbek qorako‘lchilik maktabi an’analari ularda boy taassurot qoldirganligini alohida ta’kidladi.

“Samarqand hamda Buxoroga uyushtirilgan safarlar biz uchun har tomonlama foydali bo‘ldi. Maqsadimiz, o‘zbek qorako‘lchiligini Afrika, xususan Botsvanada rivojlantirish. Shu maqsadda Buxoro qorako‘l qo‘y va qo‘chqorlarini sotib olishga qaror qildik”, — deydi delegatsiya rahbari Jon Kassius Moreki.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida yana qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, soha mutaxassislarining o‘zaro tajribalarini almashish. Shu maqsadda botsvanalik talabalarning O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishini ta’minlash, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish taklifi ham ilgari surildi. Bu borada O‘zbekiston hamda Botsvana hukumatlari tomonidan har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan memorandumni imzolash taklifi bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют