» » Navoiy viloyati IIB o‘tkazgan sayyor qabulda 300 ga yaqin fuqarolar muammolari hal etildi

Navoiy viloyati IIB o‘tkazgan sayyor qabulda 300 ga yaqin fuqarolar muammolari hal etildi


Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Galabek” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi hamda Navoiy viloyati IIB boshlig‘i va hokimyat mutasaddilari, viloyat korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkillashtirildi. Bu haqda Navoiy viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aholining turmush tarzi va yashash sharoitini yaxshilash, hududda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taminlangan oilalar, nogiron shaxslarning muammolarini o‘rganish hamda uyushmagan yoshlarni aniqlab, ularni ish bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro Abdusalim Isroilov Xatirchi tumanida mavjud “Ko‘ksaroy” suv ombori qoshida manzarali hamda mevali daraxtlar o‘tqazib dam olish maskaniga aylantirish taklifi bilan chiqdi. Sektor rahbari hamda tuman hokimi tomonidan mazkur taklif-murojaat yuzasidan fuqaro Abdusalim Isroilovga tushuntirishlar berilib, taklifi bo‘yicha viloyat turizm boshqarmasi xodimlarga uchrashishi aytilgan.

Xuddi shunday sayyor qabul viloyatning Nurota tumanida ham bo‘lib o‘tdi. Aholi tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar obdon tinglanib, deyarli barchasi ijobiy hal etilishiga erishilgan.

“Istiqlol” MFYda istiqomat qilib kelayotgan Nurmurod Madadov imkoniyatlari cheklanganligi sababli nogironlik aravachasi so‘ragan. Uning murojaati sayyor qabul jarayoning o‘zida hal etilgan. Mahallada masjid qurish taklifini o‘rtaga tashlagan “Soykechar” MFYda yashovchi Murodillo Qarshiyevning bu taklifi qanoatlantirilib, masjid qurishi uchun mos yer-maydoni tanlab olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют