» » Rasman: Aaron Van-Bissaka “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylandi

Rasman: Aaron Van-Bissaka “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylandi


“Kristal Pelas” himoyachisi Aaron Van-Bissaka faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettiradi. Bu haqda “qizil iblislar”ning rasmiy saytida xabar berildi.

21 yoshli futbolchi “Yunayted” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U shartnomasini yana bir yilga uzaytirishi ham mumkin.

“Mankunianlar” futbolchi uchun “Kristal Pelas”ga 50 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. O‘yinchi “Manchester Yunayted”da haftasiga 80-90 ming funt maosh oladi.

Ma’lumot uchun, himoyachi 2018-yilning fevral oyida “Kristal Pelas”da debyut o‘yinini o‘tkazgandi va jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2018/19-yilgi mavsum Angliya Premyer ligasida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют