» » O‘zbekistonlik 42 nafar sportchi Butunjahon yozgi universiada o‘yinlarida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik 42 nafar sportchi Butunjahon yozgi universiada o‘yinlarida ishtirok etadi


Joriy yilning 3-14-iyul kunlari Italiyaning Neapol shahrida bo‘lib o‘tadigan talaba yoshlar o‘rtasida Butunjahon yozgi universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur universiada har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Bahslarda 18 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan talabalar ishtirok etadi.

Bu galgi Universiadada 120 ga yaqin davlatdan 9000 nafarga yaqin talaba sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Yozgi universiada dasturidan jami 18 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘rin olgan bo‘lib, 42 nafar o‘zbekistonlik talabalar yengil atletika, dzyudo, taekvondo WTF, badiiy gimnastika, tennis, sport gimnastikasi, o‘q otish hamda kamondan otish bo‘yicha medallar uchun bahs olib boradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют